21/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 42,9 ming km ni tashkil etgan.

2022-yilning 1-yanvar holatiga MDH davlatlarida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining uzunligi:

Rossiya – 1,6 mln. km

Belarus R. – 103,4 ming km

Qozogʻiston – 95,4 ming km

Oʻzbekiston – 42,9 ming km

Ozarbayjon – 28,7 ming km

Moldova – 9,5 ming km

Armaniston – 7,5 ming km

Raqamlar davlatlarning rasmiy statistika maʼlumotlaridan olingan.