14/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-dekabr holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 497 tani tashkil etgan.

Faoliyat kúrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 389 taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

Rossiya – 3 055 ta

Turkiya – 2 171 ta

Xitoy – 2 115 ta

Qozogʻiston – 1 235 ta

Koreya – 919 ta

Xorijiy kapital ishtirokida 2022-yilning 11 oyida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

Rossiya – 842 ta

Turkiya – 331 ta

Xitoy – 245 ta

Qozogʻiston – 174 ta