12/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatga qiymati 10,9 mln. AQSH dollariga 61,2 ming tonna sabzi eksport qilgan.

Sabzi eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,8 ming tonnaga koʻp.

Oʻzbekiston sabzi mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 26,7 ming tonna

Qirgʻiz R. – 26,7 ming tonna

Rossiya – 6,4 ming tonna

 

2022-yilning 10 oyida xorijga eng koʻp sabzi eksport qilgan hududlar:

Andijon viloyati – 21,1 ming tonna

Fargʻona viloyati – 8,9 ming tonna

Xorazm viloyati – 5,1 ming tonna