12/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 13,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 541 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

Yuk avtomobillari eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 173 taga kamaygan.

Oʻzbekiston 10 oyda yuk avtomobillarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston — 196 ta

Qirgʻiz R. — 138 ta

Tojikiston — 80 ta

Ozarbayjon — 60 ta

Belarus — 55 ta