Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirish boʻyicha oʻzlashtirilayotgan investitsiyalar natijasida 1629 oʻringa moʻljallangan kasalxonalar ishga tushirilgan.
Ulardan 879 oʻringa moʻljallangan muassasalar qishloq joylarda faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida jami smenada 3425 ta qatnovga moʻljallangan ambulator-poliklinikalar ishga tushirildi. Shundan smenada 1625 ta qatnovga moʻljallangan muassasalar qishloq joylarda ishga tushirildi.
Maʼlumot oʻrnida, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikada ishga tushirilgan:
suv tarmogʻi – 1756,7 km (83,2 %i qishloq joylarda)
gaz tarmogʻi – 33,4 km (57,2 %i qishloq joylarda)