09/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning noyabr oyida respublika boʻyicha 4 123 ta nikohdan ajralish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 959 taga koʻpaygan.

Hududlar kesimida ajralishlar soni:

Qoraqalpogʻiston R. – 192 ta 

Andijon viloyati – 486 ta

Buxoro viloyati – 206 ta

Jizzax viloyati – 178 ta 

Qashqadaryo viloyati – 272 ta

Navoiy viloyati – 129 ta 

Namangan viloyati – 366 ta 

Samarqand viloyati – 385 ta

Surxondaryo viloyati – 268 ta

Sirdaryo viloyati – 154 ta

Toshkent viloyati – 448 ta

Fargʻona viloyati – 528 ta 

Xorazm viloyati – 227 ta

Toshkent shahri – 558 ta