06/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 3,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan  37 220 ta gaz plitalar eksport qilgan.

Gaz plitalar eksporti 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7,4 mingtaga kamaygan.

Oʻzbekiston 10 oy mobaynida eng koʻp gaz plitalarni eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 21,8 mingta

Rossiya – 6,9 mingta

Tojikiston – 4,8 mingta

Turkmaniston – 1,7 mingta

Armaniston – 322 ta