05/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 63,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 278 mingta konditsioner import qilingan.

Konditsioner importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 81,6 mingtaga oshgan.

Oʻzbekiston 10 oy mobaynida eng koʻp konditsioner import qilgan davlatlar:

Xitoy – 263,2 ming dona

Turkiya – 6,9 ming dona

Fransiya – 1,1 ming dona

Ispaniya – 1,0 ming dona

Italiya – 827 dona

Koreya – 805 dona

BAA – 795 dona

Rossiya – 429 dona