Mamlakatimizda e'tiborga muhtoj insonlarga mehr-muruvvat ko'rsatish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan joriy yilning 3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan, viloyatimizda o‘tkazilgan mehr-saxovat tadbirlarida, Guliston shahar mahallalarida istiqomat qiluvchi bolalikdan nogiron yoki taqdir hukmi bilan imkoniyatlari cheklangan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehr ulashish, qalblariga ozgina bo‘lsa-da quvonch ulashish maqsadida holidan xabar olindi. G'amxo'rlik ko'rsatilib sovg‘a-salomlar ulashildi.Zero, insondan faqat mehr-muhabbat va odamiylik qoladi.