Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 20,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 15,6 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.
Yeryongʻoq eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming tonnaga kamaygan.
Oʻzbekiston 2022-yilning 10 oyida eng koʻp yeryongʻoq eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 5,3 ming tonna
Qozogʻiston – 2,8 ming tonna
Ozarbayjon – 1,9 ming tonna
Afgʻoniston – 927 tonna
Turkmaniston – 912 tonna
Qirgʻiz R – 791 tonna
Xitoy – 735 tonna
Pokiston – 664 tonna