28/11/2022

Joriy yilning 25-noyabr kuni Viloyat statistika boshqarmasida, boshqarma xodimlariga, huquqiy bilimlar kuni doirasida “O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida”gi 798-sonli qonunining mazmun va mohiyati to'g'risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Davra suhbatida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev, boshliq o'rinbosari B.Mahkamov, boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbatini Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni boshqarmaning Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M.Mingbayevaga berdi.

M.Mingbayeva. yangi Mehnat kodeksining yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari, xizmat tekshiruvi o‘tkazish tartibi, qo‘shimcha ta’til berish tartibi, xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish masalalari, ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari, ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish chog‘idagi kafolatlar belgilab berilganligi, ish haqi asosiy (bazaviy) va qo‘shimcha (o‘zgaruvchan) qismlardan iboratligi ko‘rsatib o‘tilganligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Davra suhbati davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev javob berib o‘tdi.