Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga qiymati 80,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,9 mln. tonna sement import qilingan.
Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 401,7 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 10 oyida oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Tojikiston – 841,8 ming tonna
Qirgʻiz R. – 575,3 ming tonna
Qozogʻiston – 508,5 ming tonna
Eron – 15,2 ming tonna
Turkmaniston – 11,6 ming tonna
Xitoy – 1,4 ming tonna
Rossiya – 1,1 ming tonna