25/11/2022

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 9575,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 110,8 % ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 57,9 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 5548,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.