Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi yengil avtotransport vositalari soni 222 794 tani tashkil etgan.
Shundan:
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan – 94,4 % (210 419 dona)
Xorijda ishlab chiqarilgan – 5,6 % esa (12 375 dona)
Respublika boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi avtotransport vositalarining eng katta ulushi Toshkent shahri (jamiga nisbatan 30,1 % yoki 67 161 dona) hissasiga toʻgʻri kelgan.