Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12 445 dona “Spark” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 171,3 % ni tashkil etdi.