Joriy yilning 8- noyabr kuni Viloyat statistika boshqarmasida 2022- yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig`ilishi o‘tkazildi.
Kengash yig`ilishida viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo’limlari hamda hududiy statistika bo’limi xodimlari qatnashdi.
Yig’ilishni Viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i Elmuratov Ulug'bek Sultanqulovich ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2022- yilning 3-choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek yig’lish davomida boshqarma va hududiy statistika boʻlimi rahbarlaridan bugungi yigʻilishda koʻrib chiqilgan masalalar, 2022- yil 3-choragi davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan oʻzlariga tegishli xulosa chiqarib olishlarini hamda kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish boʻyicha aniq chora tadbirlar koʻrishlarini, davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo’yicha ijro holati, hisobotlar qamrovi hamda kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha ko‘rsatmalar berildi.