12/02/2026

   Sirdaryo viloyati bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi boshlandi. Mazkur jarayonda hududlardagi “mahalla yettiligi” a’zolari alohida tashabbus ko‘rsatmoqdalar.

   Jumladan, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanining “Saxovat” mahallasi yettiligi ham ishni uyushqoqlik bilan boshlab yubordi. Mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, ayrim sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan fuqarolar bilan muloqot qilmoqda va savolnomalarni to‘ldirmoqda.

   Shuningdek, “Saxovat” mahallasi fuqarolari ham bu jarayonga befarq bo‘lmay, ro‘yxatga oluvchilarga yaqindan ko‘maklashmoqda.