Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, stomatologiya xizmatlari narxlari 2025-yil davomida o‘rtacha 5,1 foizga qimmatlashgan.
Shuningdek, mazkur davrda tibbiyot laboratoriyalari xizmatlari narxlari 10,3 foizga, ambulatoriyada davolash xizmatlari narxlari 9,4 foizga, diagnostika vizualizatsiyasi xizmatlari narxlari 9,1 foizga, statsionar davolash va reabilitatsiya xizmatlari narxlari 7,5 foizga oshgani kuzatilgan




