09/02/2026

   Bugun buyuk mutafakkir, so‘z san‘ati sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, yirik shoir hamda davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlanmoqda. Alisher Navoiy o‘zining bebaho ijodi orqali milliy ma‘naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan bo‘lsa, davlat arbobi sifatida ham xalq manfaatlari yo‘lida samarali faoliyat yuritib, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilgan.

   Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi jamoasi buyuk bobokalonimizning boy ilmiy-adabiy merosi, davlat va xalqparvarlik g‘oyalari bugungi avlod uchun ibrat maktabi ekanini e‘tirof etadi hamda ushbu muborak sana munosabati bilan yurtdoshlarimizni tabriklaydi.