06/10/2025

   Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra,  2025-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 82,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 283,5 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan.

   Import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16 ming tonnaga yoki 5,4 % ga kamaygan.

   8 oyda Oʻzbekistonga eng koʻp bugʻdoy uni yetkazib bergan davlatlar:

   Qozogʻiston – 267,9 ming tonna;

   Rossiya – 15,1 ming tonna;

   Tojikiston – 325 tonna;

   AQSH – 90 tonna;

   Qirgʻiziston – 50 tonna;

   Boshqa davlatlar – 71,3 tonna.