Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 996 nafarga yoki 14,3 % ga oshgan.
Joriy yilning 7 oyida AQSHga borgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayohat – 5 683 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 1 978 nafar
o‘qish – 179 nafar
xizmat yuzasidan – 104 nafar
davolanish – 23 nafar