19/03/2025

2025- yilning 1- fevral holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 065 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 9,8 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 028 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 222 ta

Sirdaryo tumani – 188 ta

Yangiyer shahri – 128 ta

Boyovut tumani – 97 ta

Mirzaobod tumani – 89 ta

Sayxunobod tumani – 84 ta

Xovos tumani – 77 ta

Guliston tumani – 61 ta

Sardoba tumani – 52 ta

Oqoltin tumani – 43 ta

Shirin shahri – 24 ta