Joriy yilning 12- mart kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida boshqarma va tuman (shahar) statistika boʻlimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmoni va “Oʻzbekistoni Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy statistikani tayyorlash va tarqatish jarayonlariga autsorsing mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 116-son qarori boʻyicha veb-seminar boʻlib oʻtdi. Unda, mazkur hujjatlarga asosan statistika tizimini isloh qilish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi sifatida va Statistika kengashi - Respublika statistika kengashi sifatida qayta tashkil etilganligi, shuningdek, Milliy statistika qoʻmitasi hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” va boshqa qator hujjatlar tasdiqlanganligi qayd etildi. Xodimlarga ushbu hujjatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlarni monitorga uzatilgan slaydlar orqali Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma axborot-tahliliy ishlar boʻlimi boshligʻi A. Mamatqobilov va boshqarma bosh yuriskonsulti K. Gaynazarovalar berishdi.