2025- yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 71,6 % to‘g‘ri kelib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 23,8 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024- yilning mos davriga nisbatan 106,7 % ni tashkil etgan holda 202,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.