28/02/2025

     Joriy yilning 28- fevral kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova fevral oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 7- fevraldagi “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-1024, “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1025, 13- fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1030-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida gapirib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar mavzu yuzasidan savollar berib, yangi qonun hujjatlar to‘g‘risida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.