Joriy yilning 22- yanvar kuni Shirin Energetika texnikumida “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida viloyat statistika boshqarmasi bo‘limi mutaxassislari, texnikum o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga boshqarma mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.