02/12/2024

      Joriy yilning 29- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari S.Yaxyayev raisligida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Konstitutsiyaviy huquq oyligi” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida insonning huquq va erkinliklari” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʻlumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan va noyabr oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda, maʼruzachi K.Gaynazarova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 4-noyabrdagi “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-988, 5-noyabrdagi “Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-989-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari mazmuni boʻyicha qisqa maʼlumotlar berildi. Oʻquv mashgʻuloti yakunida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.