27/09/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyul oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 69,7 trln soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 7 % ga o‘sgan.

Koʻrsatilgan jami bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 22 % darajasida qayd etilgan.

Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (13,3 trln soʻm), Toshkent (4,4 trln soʻm), Samarqand (4,2 trln soʻm), Fargʻona (3,1 trln soʻm) hamda Andijon (2,7 trln soʻm) viloyatlarida qayd etilgan.