Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 4 242,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562,5 ming nafarga yoki 15,3 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi – 1 244,9 ming nafar;
Tojikiston – 1 240,9 ming nafar;
Qozogʻiston – 845,8 ming nafar;
Rossiya – 442,1 ming nafar;
Turkmaniston – 83,7 ming nafar;
Turkiya – 62 ming nafar;
Xitoy – 35,5 ming nafar;
Hindiston – 33,3 ming nafar;
Janubiy Koreya – 23,9 ming nafar;
Italiya – 19,5 ming nafar;
boshqa davlatlar – 211,2 ming nafar.