30/08/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan 257 993,6 mlrd soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat yoki iqtisodiyotdagi yalpi qoʻshilgan qiymatning 47,5 % i yaratilgan.

Shundan 37,1 % i qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi, 12,8 % i sanoat, 9,6 % i qurilish tarmoqlari va 40,5 % i xizmatlar sohasiga toʻgʻri kelgan.

Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari ulushi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 96,7 %, qurilishda 74,8 %, xizmatlar sohasida 40,1 % va sanoatda 21,9 % ni tashkil etgan.