Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyul oylarida 10,1 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Ozarbayjonga ketgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Ozarbayjonga ketgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
dam olish – 7 765 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 1 838 nafar;
davolanish – 246 nafar;
xizmat yuzasidan – 198 nafar;
oʻqish – 20 nafar.