Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasining yalpi qoʻshilgan qiymati hajmi 260 182,6 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 6,4 % ga oʻsgan.
Shu jumladan, savdo xizmatlari 10,4 % ga, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar 9,6 % ga, tashish va saqlash xizmatlari 7 % ga, axborot va aloqa xizmatlari 19,7 % ga, boshqa xizmatlar 4,5 % ga oʻsgan.