15/08/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 62,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Birlashgan Arab Amirliklariga safar qilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida BAAga turistik maqsadlarda ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari soni safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

dam olish – 56 772 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash – 5 237 nafar;

xizmat yuzasidan – 370 nafar;

oʻqish – 146 nafar;

davolanish – 63 nafar.