Viloyatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 2024- yilning yanvar-iyun oylarida mazkur dastur doirasida kiritilgan 50 ta loyiha bo‘yicha 902,8 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 15,8 mln. AQSH. dollari miqdorida eksport qilindi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2024- yilning yanvar-iyun oylarida 226 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.