Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oyida ijara xizmatlari 4 189,4 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Mazkur ko‘rsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5 % ga o‘sgan.
Ushbu xizmat turi boʻyicha yuqori oʻsish surʼatlari Sirdaryo (116,6 %) va Samarqand (111,5 %) viloyatlarida kuzatilgan.