Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 782,4 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan.
Mazkur ishlab chiqarish hajmi 2023-yilning tegishli davriga nisbatan solishtirilganda 3 % ga oshgan.
2024-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 390,7 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan.