Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 709 594 tani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 6,2 % ga o‘sgan.
Ularning so‘nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:
2020-yil – 462 017 ta;
2021-yil – 546 182 ta;
2022-yil – 597 666 ta;
2023-yil – 668 077 ta;
2024-yil – 709 594 ta.