Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 52,2 ming tonna uzum yetishtirilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,7 % ga oʻsgan.
Uzum yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyati (29,4 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Shuningdek, Namangan (14,5 %), Qashqadaryo (12,6 %) va Buxoro (12,3 %) viloyatlarida ham uzum yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.