Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 4,6 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.
Yeryongʻoq eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 50,7 % ga oshgan.
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyun oylarida eng koʻp yeryongʻoq eksport qilgan davlatlar:
Ozarbayjon – 0,9 ming tonna;
Qozogʻiston – 0,6 ming tonna;
Rossiya – 0,6 ming tonna;
Xitoy – 0,3 ming tonna;
Qirgʻiz Respublikasi – 0,5 ming tonna;
Pokiston – 0,4 ming tonna;
boshqa davlatlar – 1,3 ming tonna.