Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 4,2 trln soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 18,5 % ga oʻsgan.
Ushbu xizmatlarda nisbatan yuqori hajm Toshkent shahri 3 021,4 mlrd soʻm, Fargʻona 129 mlrd soʻm, Qashqadaryo 117,7 mlrd soʻm, Samarqand 112,3 mlrd soʻm, Toshkent 107,4 mlrd soʻm va Buxoro 106,9 mlrd soʻm viloyatlarida kuzatilgan.