13/08/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yil 1-iyul holatiga jami 387 138 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:

savdo sohasida – 147 980 ta;

sanoat sohasida – 61 315 ta;

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 32 428 ta;

qurilish sohasida – 29 553 ta;

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 27 569 ta;

tashish va saqlash sohasida – 16 211 ta;

axborot va aloqa sohasida – 9 565 ta;

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 337 ta;

boshqa sohalarda – 53 180 ta.