Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-iyun oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 90,7 mlrd. so‘mga yetdi va 2023- yilning mos davriga nisbatan 10,6 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 84,5 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.