12/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi (motorli transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan tashqari) 254,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 69,5 % ga ko‘paydi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi 247,8 mlrd. so‘m, xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi – 6,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi.