2024- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida import tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 14,0 mln. AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 16,2 % ga ko‘paydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 7,8 % ga yetdi.
Sanoat mahsulotlari importi asosan probka va daraxtdan tayyorlangan buyumlar (mebeldan tashqari) (7,1 mln. AQSh. dollari), metallardan tayyorlangan buyumlar (1,5 mln. AQSh. dollari), ruda boʻlmagan qazilmalardan tayyorlangan mahsulotlar (2,1 mln. AQSH. dollari) va boshqalardan tashkil topgan.