Statistika agentligi tomonidan amalga oshirilgan norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalariga koʻra, 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi YAIM hajmi AQSH dollari ekvivalentida 10,7 milliard dollarga qoʻshimcha hisob-kitob qilindi va amaldagi 90,9 milliard dollardan 101,6 milliard dollarga yetdi.
Ushbu baholashlar oʻtkazilgan tanlanma statistika kuzatuvlari natijalari hamda vazirlik va idoralarning maʼmuriy maʼlumotlari asosida amalga oshirildi.