Tuxum yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Sardoba tumani egalladi. Uning, tuxumlar umumiy hajmidagi ulushi 20,1 %. Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Guliston shahrida (17,2 %), Mirzaobod (14,3 %), Sirdaryo (10,8 %), Guliston (9,4 %) va Xovos tumanlarida (8,0 %) qayd etildi. Umumiy hajmdagi past ulush, Shirin (0,6 %) va Yangiyer shaharlarida (0,7 %) kuzatildi.
Yuqori o‘sish sur’atlari Sardoba (113,0 %), Boyovut (108,5 %), Mirzaobod (102,7 %), Xovos (101,8 %) va Oqoltin tumanlarida (101,7 %) qayd etildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’atlari pasayishi Guliston shahrida (100,1 %) kuzatish mumkin.