Joriy yilning 5- avgust kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Mazkur o‘quv seminarda boshqarmaning Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i R. Abdusamiyev tomonidan STATA dasturini avfzalliklari, STATA dasturi ekonometrik modellashtirishning bаrсhа bosqichlarini o‘zida mujassamlashtirilganligi, unda mа’lumоtlаrni kiritish, ular asosida tavsifiy statistikalarni o‘tkazish, korrelyatsion tahlil, juft va ko‘plikdagi regression tahlillarni o‘tkazish, fazoviy va vaqtli qatorlar bo‘yicha turli xil grаffiklarni olish, olingan natijalarni turli testlar yordamida tekshirish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida tushuntirishlаr berib o‘tdi.
Seminar davomida xodimlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.