05/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi quyidagicha:

binolar va inshootlar qurish yo'nalishi 64,9 % ulushni tashkil etib, 2023- yilga nisbatan 94,8 % ni tashkil etdi;

fuqarolik obyektlarini qurish yo'nalishi 29,8 % ulushni tashkil etib, 2023- yilga nisbatan 126,2 % ni tashkil etdi;

ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo'nalishi 5,3 % ulushni va 2023- yilga nisbatan 108,1 % ni tashkil etdi.