02/08/2024

     Joriy yilning 2- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi boʻyicha mehnat shartnomasini tuzish tartibi” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma Bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova tomonidan amaldagi mehnat kodeksi boʻyicha ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladigan yosh, ishga qabul qilish bosqichlari, ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar, mehnat shartnomasining imzolanishi, qarindoshlarning davlat tashkilotida birga xizmat qilishini cheklash, dastlabki sinov belgilash tartibi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Oʻquv mashgʻuloti yakunida maʼruzachi xodimlarning barcha savollariga javob berildi.