02/08/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 65 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 42 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Turkmaniston — 37 942 nafar;

Tojikiston — 21 451 nafar;

Afgʻoniston — 1 569 nafar;

Xitoy — 723 nafar;

Hindiston — 582 nafar;

Turkiya — 529 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 385 nafar;

Janubiy Koreya — 329 nafar;

AQSH — 199 nafar;

Rossiya — 157 nafar;

boshqa davlatlar — 1 102 nafar.